Angrendagi maktab oʻqituvchisi oʻquvchini kaltakladi va muhokamalardan soʻng kechirim soʻradi

12:46 09 Fevral 2021 Jamiyat
2749 0

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Angren shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi tomonidan oʻquvchini urganligi holati yuzasidan tarqalgan videotasvir yuzasidan Angren shahar XTB mudiri Rohila Abduqodirova quyidagilarni maʼlum qildi.

“Ushbu holat joriy yilning 4-fevral kuni 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Z.Turdiyeva beshinchi soat dars mashgʻuloti vaqtida 9-«V” sinfda biologiya fani darsi davomida videotasvirga olingan. Shu kuni 9-“V” sinf oʻquvchisi Asadbek Qutbiddinov darsga daftarsiz kelgan. Oʻqituvchi doskaga mavzu va rejani yozayotgan paytida A.Qutbiddinov ruxsatsiz birinchi qatordan toʻrtinchi qatorning birinchi partasiga borib oʻtirgan va dars jarayoniga xalaqit qiladigan qiliqlar qilib, qolgan barcha oʻquvchilarni darsdan chalgʻitgan. 

Oʻqituvchi oʻquvchini ketma-ket besh martadan qoʻp ogohlantirishga qaramay, dars jarayoniga xalaqit qilgan. Oʻqituvchi mavzuni tushuntirayotgan vaqtda ham oʻquvchi yana nooʻrin qiliqlar qilib oʻqituvchini va oʻquvchilarni darsdan chalgʻitayotgani uchun uni doska oldiga chiqarib, nega bunday qilayotganligi boʻyicha izoh berishini soʻraganida, orqasiga qarab yana qiliq qilib sinfdagi oʻquvchilarni kuldirgani uchun oʻqituvchi Z.Turdiyeva oʻquvchi A.Qubiddinovning kurtkasini ustidan bir musht tushurdi. Oʻquvchi A.Qutbiddinov oʻqituvchi Z.Turdiyevaga Siz boksyorsiz yana musht tushuring deb oʻqituvchini quyushqondan chiqargani uchun oʻqituvchi jahl ustida oʻquvchiga bir necha bor musht tushurgan. 

Oʻquvchi dars tugaganidan keyin yana oʻqituvchini masxara qilib xonadan chiqib ketgan. Oʻqituvchi Z.Turdiyeva bu holat boʻyicha maktab rahbariyatini va sinf rahbarini ogohlantirmagan. Sababi oʻqituvchi qon bosimi koʻtarilib xonada chamasi ikki soatlar oʻtirib, soʻng oʻzi rahbarlik qilayotgan 6-“D” sinfda joriy yilning 5-fevral kuni boʻlib oʻtadigan tadbirga tayyorgarlik koʻrgan. 

Joriy yilning 8-fevral kuni oʻqituvchi har doimgidek 9-“V” sinfda darsni oʻtgan. Oʻquvchi A.Qutbiddinov joriy yilning 4-fevral kuni dars mashgʻulotlariga xalaqit qilib oʻqituvchini quyushqondan chiqargani uchun oʻqituvchi Z.Turdiyevadan uzr soʻrab qilgan ishidan ming bor pushaymon ekanligini maʼlum qildi va oʻqituvchi bilan oʻzaro kelishib olishdi. Shu oʻrinda oʻqituvchi Z.Turdiyeva oʻquvchi va uning ota onasidan boʻlib oʻtgan holat yuzasidan kechirim soʻradi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер