Angren shahar hokimiga kasb etikasini buzish va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish aybi qoʻyildi

11:13 28 Noyabr 2022 Jamiyat
538 0

Illustrativ foto

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi yigʻilishi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Angren shahar hokimi Alisher Rayimovga tegishli deb aytilayotgan audio yozuv muhokamasi oʻtkazilgan edi. Ushbu komissiya taqdimnomasiga koʻra, joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida”gi farmoyishini imzoladi. Unda, jumladan, bunday deyiladi: “Oʻzbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 25-moddalariga muvofiq, Mehnat kodeksining 181- moddasi 1-qismiga asosan:

1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori talablariga rioya qilmaganligi, davlat xizmatchisining kasb etekasini buzganligi, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun Angren shahar hokimi Alisher Abdimalikovich Rayimovga nisbatan «xayfsan» intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin».

Farmoyishda taʼkidlanganidek, viloyat hokimining bunday toʻxtamga kelishiga Odob-axloq komissiya xulosasi va Alisher Rayimovning aybiga iqrorligi asos boʻlgan.

 

Shodiyor MUTAHAROV,V, “Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер