Angela Merkel Germaniya kanslerligidan ketishga qaror qildi
Foto: Reuters
Angela Merkelning Gannoverdagi sanoat koʻrgazmasining ochilishidagi nutqi uning Germaniya kansleri sifatidagi soʻnggi chiqishi boʻladi. Bu haqda siyosatchining oʻzi maʼlum qildi.
Keyingi parlament saylovlari Germaniyada 2021-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtadi. 2018-yilda Angela Merkel bu muddat uning uchun soʻnggisi boʻlishini eʼlon qilgan edi. Shuningdek, u hukmron “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi rahbarligiga ham oʻz nomzodini ilgari surmagan.
2021-yil yanvar oyida Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtati Bosh vaziri Armin Lashit “Xristian-demokratik ittifoq”qa rahbar boʻldi.
Merkel 2005-yil 22-noyabrda Germaniya kansleri etib saylandi va ushbu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring