Andijondagi maxsus qabulxonada harorat qay darajada?
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijondagi mintaqaviy vakili Viloyatdagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
140 nafar huquqbuzarlarni saqlashga moʻljallangan Maxsus qabulxonada oʻrganish kuni 112 nafar shaxs saqlanayotganligi aniqlandi.
Monitoring davomida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, sayr qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish, sanitariya sharoitlari oʻrganildi va xonalarning isitilishi holati tekshirildi.
Ombudsman mintaqaviy vakili Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar oʻtkazib, ularning sharoitlar va xodimlarning muomalasi haqidagi fikrlarini oʻrgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring