Andijondagi koʻp qavatli uylardan birida portlash yuz berdi. Jabrlanganlar bor (+video)

11:30 12 Fevral 2026 Jamiyat
374 0

Videodan kadr

Andijon viloyatining Andijon shahridagi koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarining birida portlash sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 11-fevral kuni soat 23:55 da 112 tizimi orqali Andijon shahri “Nodirabegim” MFY hududida joylashgan koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarining birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan viloyat FVB rahbariyati va qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga yetib borgan. Chaqnashdan soʻng yongʻin kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan. Chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Xabarlarga koʻra, voqea joyiga FVB masʼullaridan tashqari viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham yetib borgan va vaziyatni koʻzdan kechirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер