Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sogʻaydi

16:33 21 Aprel 2020 Jamiyat
1042 0

Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sogʻayib, reabilitatsiya uchun kuzatildi. Sogʻayganlardan 4 nafar erkak, 4 nafari ayol kishi. Ularning 1 nafari talaba, 2 nafari nafaqada, 1 nafari kichik tibbiyot xodimi, 2 nafari voyaga yetmagan, 2 nafari turli soha vakillaridan iborat. Sogʻayganlardan 3 nafari Jalaquduq tumani hamda 5 nafari Andijon shahrida yashovchi fuqarolarni tashkil qiladi.

Shifoxonada bemorlarni davolash uchun yaratilgan sharoitlar yuqorida tilga olingan koʻrsatkichlar soni yana-da ortishiga va viloyatda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasidagi xushxabarlar soni yana-da ortishiga sabab boʻlmoqda.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер