Andijonda usta 250 ming soʻmni bermagan ish beruvchini pichoqladi

15:18 22 Dekabr 2021 Jamiyat
1213 0

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 10-dekabr kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida usta oʻz ishi uchun pul toʻlamagan ish beruvchini pichoqlab tashladi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 9-dekabrdan 10-dekabrga oʻtar kechasi Poshshombogʻi koʻchasida sodir boʻlgan. Erkak ish beruvchi uyiga kelgan, shundan soʻng u ish uchun pul toʻlamaganligi sababli uy egasi bilan janjallashib qolgan. Janjal chogʻida uning qorin qismi, bel va qoʻllariga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi tibbiy muassasaga yetkazilgan.

Dastlabki tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, jabrlanuvchi ustaga 2021-yil sentyabr oyidan buyon qilgan xizmatlari uchun 250 ming soʻm toʻlamagan.

Mazkur holat yuzasidan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер