Andijonda toʻrtta avtomobil toʻqnashib ketdi
26-oktabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida toʻrtta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea Asaka-Fargʻona yoʻlida sodir boʻlgan. 1998-yilda tugʻilgan haydovchi “Damas”, 1965-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Matiz”, 1994-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Damas” va 1992-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Kia Bongo” avtomobillari oʻzaro toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring