Andijonda tomorqa uchun minitraktor yaratildi

16:58 25 Fevral 2025 Jamiyat
225 0

Saminjon HUSANOV“Xalq soʻzi”. Izboskan tumanida istiqomat qilayotgan Ilhomjon Qosimovning asli kasbi mexanizator. Tomorqa egalarining dardini ham yaxshi tushunadi. Katta traktorning 15 sotixli maydon yoki bogʻlarda yer haydash imkoniyati cheklangan. Xorijdan olib kelinadigan minitraktorlarning esa narxi qimmat. Shu bois u ehtiyojbop texnik vositani oʻzi yaratishga kirishdi.

— Minitraktorimizning afzallik jihatlari shundaki, uning ehtiyot qismlari yuz foiz oʻzimizda tayyorlanadi, — deydi I.Qosimov. — Har qanday kichik maydonda ham bemalol harakatlana oladi. Oʻtgan yili tomorqalarda sinovdan oʻtkazdik. Natijasi juda yaxshi. Shu bois mahalliy fermerlardan talab tusha boshladi. “Besh terak” mahalla fuqarolar yigʻini hududida kichik korxona ochib, buyurtmaga asosan minitraktorlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Buning uchun 10 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Hozir xorijdan olib kelinayotgan minitraktorlarning narxi 150 million soʻmni tashkil etmoqda. Mahalliy texnik vositani esa 75 million soʻmga sotib olish mumkin. Qolaversa, korxonada turli kultivatorlar ham ishlab chiqarilmoqda. Ayniqsa, kartoshka kovlashga moslashgan uskunaga talab tobora ortib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер