Andijonda terimchilar uchun 631 ta koʻchma doʻkonlar ish boshladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Respublikamizda paxta xom ashyosini yigʻib olish mavsumi qizgʻin pallaga kirgan ayni paytda Andijon viloyatida terimchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 631 ta koʻchma doʻkoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
— Mahsulotlar sifatli va narxi ham maʼqul, — deydi terimchi Marhabo Ahmadaliyeva. — Uy-roʻzgʻor uchun barcha mahsulotlar savdosi dalaning oʻzida tashkil etilgani bois bozorga borishimizga ham hojat qolmayapti.
Koʻchma doʻkonlarda 35 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish mumkin.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring