Andijonda tanishlari orqali Kanadaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, goʻyoki elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Kanada davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan.
Fuqaro X.M. ushbu noqonuniy harakatlari evaziga fuqaro O.N.dan 3 ming AQSH dollari talab qiladi. Qonunbuzar ushbu pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring