Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi
Illyustrativ foto
Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda, “A.T.” MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd soʻmlik A-95 markadagi benzin yonilgʻisini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablagʻlarini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring