Andijonda “Raqamli vodiy” oromgohi ish boshladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda dasturchi, dizayn va raqamli marketing yoʻnalishlarida tahsil oluvchi 60 nafar yosh yetakchi-mutaxassis jam boʻlishdi.
— Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, aholishunoslik jamgʻarmasi, Andijon shahridagi “Raqamli shahar” texnoparki hamkorligida tashkil etilgan ushbu oromgohda mavjud yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha bilimlardan tashqari biznesni tashkil etish, barqarorlashtirish, unda raqamli marketingni rivojlantirish mavzularidagi mashgʻulotlar ham tashkil etildi,—deydi tadbir koordinatori Akmaljon Ahmadaliyev. —Ushbu loyihadan asosiy maqsad, nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni davlatlarda ham yoshlar oʻrtasida IT yoʻnalishini rivojlantirish, bu boʻyicha tahsil olayotgan yigit-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzaro hamkorlikda xalqaro taʼlim tizimini joriy etishdan iboratdir.
Oromgoh axborot texnologiyasi mutaxassislari bilimini zamonaviy mezonlar asosida shakllantirish, ushbu yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan yoshlarni jahon tajribasi bilan tanishtirish orqali soha taraqqiyotiga hissa qoʻshadi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring