Andijonda quduq qazishga tushgan fuqaro havo yetishmay qolishi natijasida hushini yoʻqotdi (+video)
Andijonda inson hayoti saqlab qolindi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 14-aprel kuni soat taxminan 11:30 larda Xoʻjaobod tumani «Yangifargʻona« MFY «Doʻstlik« koʻchasidagi uylardan birida quduq qazishga tushgan fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmay qolishi natijasida quduqda qolib ketgan.
ushbu holatga guvoh boʻlgan uy egalari zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat qilgan.
Mazkur murojaatga asosan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib kelib, quduqda hushini yoʻqotgan fuqaroni olib chiqqan va uning hayotini saqlab qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring