Andijonda oziq-ovqat sanoatiga xorijiy brendlar jalb qilinib, 342 ta loyihaga 220 million dollar ajratiladi
Viloyatda parranda go‘shti yetishtirishni kengaytirish maqsadida 1,5 million bosh parranda boqish quvvatiga ega 20 ta korxona ishga tushirilishi belgilandi.
Ulug‘nor va Bo‘stonda 2 ta yirik sutni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinadi. Uy va chorva xo‘jaliklarida naslni yaxshilash bo‘yicha yangi tizim yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Oziq-ovqat sanoatiga xorijiy brend korxonalarini jalb qilib, 342 ta loyihaga 220 million dollar ajratilishi aytildi.
Andijon, Ulug‘nor va Jalaquduqda meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini ko‘paytirish, Andijon tumanida yirik agrologistika markazini qurish yuzasidan ham mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring