Andijonda oraliq masofani saqlamagan “Nexia-2” “Captiva”ga borib urildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, kecha, 1-mart kuni soat 22:20larda, Andijon shahar “Yaxshi” MFY Pirmuhammedov koʻchasida, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan A.Q. oʻzining “Nexia-2” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, oldinda ikkinchi tasmadan birinchi tasmaga oʻtayotgan “Captiva” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring