Andijonda oʻqituvchilar oʻz hisobidan taʼtilga chiqishga majburlanmoqdami? — XTB munosabat bildirdi
Joriy yilning 14-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda orqali Andijon shahrida “Oʻqituvchilar oʻz hisobidan taʼtilga chiqishga majburlanmoqda” mavzusida xabar tarqaldi. Valoyat xalq taʼlimi boshqarmasi shu boʻyicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahridagi umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari nomidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan murojaat yuzasidan, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida, Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan maktab direktorlariga topshiriqlar berilmaganligi va oʻqituvchilardan majburiy tarzda ariza yozdirib olinmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, oʻqituvchilarni yillik mehnat taʼtiliga hamda oʻz hisobidan taʼtilga chiqarish shahar xalq taʼlimi boʻlimining vakolatiga kirmaydi.
Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining IV choragi uchun rejalashtirilgan dars mashgʻulotlarini masofaviy videodarslar shaklida tashkil etilganligi sababli, oʻqituvchilarning ish faoliyatini masofaviy tarzda (ish haqi saqlangan holda) davom ettirishmoqda.
Karantin davrida 3 yoshga toʻlmagan farzandi bor ayollar, 60 yoshdan oshgan va ixtiyoriy ravishda mehnat taʼtiliga chiqishni istagan xalq taʼlimi xodimlari ish haqlari saqlangan holda mehnat taʼtiliga chiqarilgan.
Yuqoridagilarga asosan Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi bosimi ostida oʻqituvchilardan “oʻz xohishimga asosan oʻz hisobimdan mehnat taʼtiliga chiqarishingizni soʻrayman” mazmunidagi ariza yozdirilyapti degan vajlar oʻz tasdigʻini topmadi.
"Ushbu mavzuda avval ham maqola eʼlon qilingan edi, lekin maqoladagi holatlar tasdiqlanmagan.
Hurmatli ustozlar, agar sizda shunday holatlar uchrasa quyidagi ishonch telefoniga hamda telegram bot kanali orqali murojaat qilishingiz mumkin. Shaxsingizni sir saqlanishi kafolatlanadi.
Ishonch telefoni: (74) 228 26 76
Bot orqali murojaat: @ANDIJONVXTB_QABULXONA_BOT" deyiladi Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring