Andijonda maʼnaviyat sohasida forum boʻlib oʻtdi

16:06 13 Oktyabr 2023 Jamiyat
709 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi Andijon viloyat boʻlimi tomonidan “Yangi maʼnaviy makon yaratish, maʼrifatli jamiyat qurish sari” shiori ostida forum boʻlib oʻtdi.

Tadbir qatnashchilari oʻndan ortiq mehnat jamoalari va oʻquv yurtlarida boʻlishib, maʼnaviyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar va kelgusi vazifalar yuzasidan oʻzaro kengashib oldilar. Shuningdek, “Umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy tarbiyaning yangi shakllari”, ”Kattalar ibrati – maʼnaviyat sabogʻi”, “Maʼnaviy tarbiya: Muammo va yechim” kabi mavzularda maʼruzalar tinglanib, davra suhbatlari tashkil etildi.

— Taʼlim-tarbiyada hammamiz teng muallim, ustozmiz,—deydi forum ishtirokchisi, mehnat faxriysi Maxbubaxon Muzaffarova. —Oilada ota-ona, maktabda oʻqituvchi, jamiyatda esa biz kattalar mana shu masʼuliyatni har birimiz tanamizda his qilishimiz shart. Buning uchun oʻzimiz ibrat boʻlishimiz lozim. Mana shu maʼnaviyatdir! Forum aynan shu jihatlarga eʼtibor qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Tadbirning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, unda muhokama qilingan masalalar kelgusida bajarilishi muhim boʻlgan vazifalar uchun dasturilamal vazifasini oʻtashga asos qilib olindi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер