Andijonda maktab oʻquvchisi oʻzini tomdan tashlab, vafot etdi

11:27 22 Iyun 2024 Jamiyat
542 0

Foto: Videodan kadr

Andijon shahrida 9-sinf oʻquvchisi oʻzini tomdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Xalq soʻzi»ga maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 21-iyun kuni soat taxminan 03:30 larda Andijon shahrida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan M.K. (oʻgʻil bola) Andijon shahar, “Oʻzbegim” MFY, A.Musayev koʻchasi, 23-raqamli koʻp qavatli uyning tom qismidan oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilgan. Oqibatda 16 yoshli oʻsmir hodisa joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan M.K. ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosi Sh.T.ning qaramogʻida u bilan birga yashab kelgan.

Shamsutdinovga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yosh qiz oʻzini 16 qavatli binoning tomidan tashlab, vafot etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер