Andijonda lift ishlab chiqariladi

19:49 05 Yanvar 2024 Jamiyat
480 0

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ayni paytda Xitoy davlatida boʻlib, mamlakatning iqtisodiy faoliyati bilan tanishmoqda. Safar davomida hamkorlik yuzasidan muzokaralar ham olib borilyapti. Jumladan, Tyanszin shahridagi “Cashway Fintech Co. LTD” kompaniyasi bilan Andijon viloyatida zamonaviy lift ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi.

— Bankomat, lift, eskalatorlar ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatishda mamlakatda yetakchilardan biri hisoblangan ushbu kompaniya bilan hamkorlik nafaqat, Andijon viloyati, balki respublikamiz uchun ham manfaatlidir, — deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov. — Boisi, soʻnggi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasida keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, tabiiyki, liftlarga boʻlgan ehtiyojni yanada oshiradi. Ushbu mahsulotning viloyatimizda ishlab chiqarilishi uning tannarxi arzonlashishiga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga sabab boʻladi.

Loyihani amalga oshirish uchun 30 million dollar investitsiya kiritilishi koʻzda tutilgan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер