Andijonda Lacetti 41 yoshli piyodani urib yubordi

09:27 16 May 2024 Jamiyat
567 0

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Lacetti avtomashinasi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan 41 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bеrdi.

Manbaga koʻra, hodisa joriy yilning 13-may kuni soat 15:00 lar atrofida Paxtaobod tumani Toʻpabjuvoz MFY hududidan oʻtgan yoʻlda sodir boʻlgan. 

23 yoshli X.J. Lacetti avtomashinasini tartibga solingan chorrahada svetoforning yashil chirogʻida boshqarib ketayotib, piyodalar yoʻlakchasidan keskin oʻtib yuborgan 41 yoshli B.D.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda oʻng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi bilan bogʻliq tan jarohati olgan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер