Andijonda kiyim doʻkoni yonib ketdi

18:23 14 Avgust 2024 Jamiyat
407 0

Foto: Videodan kadr

Andijon shahridagi savdo doʻkonlarining birida yongʻin boʻldi. Bu haqda viloyat FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun,14-avgust kuni Andijon shahri Oʻzbekiston 20-yilligi MFYda sodir boʻlgan. Alanga oqibatida 1 ta xonadon hamda kiyim doʻkonining 70 m.kv maydonda shift, tom qismi yonib zararlangan.

Andijon viloyati FVB guruhi soat 16:02da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 16:20da yongʻinni oʻchirgan.

“Yongʻin oqibatida tan jarohati holatlari qayd etilmagan. Hozirda yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер