Andijonda xotinini vahshiylarcha oʻldirgan erkak qidirilmoqda

15:58 04 Iyul 2025 Jamiyat
464 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi koʻp qavatli uy qarshisida qoniga belanib yotgan ayol kishining jasadi aks etgan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, Andijon shahrida er-xotin oʻrtasida janjal kelib chiqqan, oqibatda erkak turmush oʻrtogʻini qasddan oʻldirgan. Hozirda gumondorga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda gumonlanuvchini qidirib topish choralari koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1-iyul kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasida xizmat burchini bajarayotgan hudud profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev mast holatdagi 65 yoshli fuqaro tomonidan pichoqlab oʻldirilgani, gumondor voqea joyidan yashiringani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер