Andijonda ishsizlikka barham berilmoqda

19:24 23 Yanvar 2025 Jamiyat
279 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida aholini ish bilan taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun har bir mahallaning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan. Masalan, Baliqchi tumanidagi “Sarnovul” mahallasida sport mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan. Shu bois aholini ushbu yoʻnalishdagi faoliyatga jalb etish ijobiy samara bermoqda.

— Joriy yilda 2 ta xonadonda sport mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha kichik sexlar tashkil etildi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarjon Karimov. — Natijada 25 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi. Quvonarlisi, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotga ilk buyurtmalar qabul qilindi.

Aytish joiz, ayni paytda ushbu manzilda charm-sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirilishi arafasida. Loyiha foydalanishga topshirilgach, yana 300 nafar mahalla aholisi ish bilan taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер