Andijonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ellikdan oshiq davlatga eksport qilinmoqda

12:55 16 Yanvar 2023 Jamiyat
500 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida 2022-yil davomida 750 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, belgilangan yillik reja 120 foizga bajarildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, 267 ta korxona ilk bor eksport faoliyatini yoʻlga qoʻyib, 181,6 mln. dollar miqdoridagi mahsulot xorijiy hamkorlarga yetkazib berildi. Birinchi marta eksporti tashkil etilgan sochiq, palto, jinsi kabi 12 turdagi yangi mahsulot chet ellik xaridorlar tomonidan yuqori baholandi.

— Korxonamizda jinsi matosidan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqariladi, — deydi Andijon shahridagi “Bobur HBK” MCHJ rahbari Xayrullo Ismoilov. — Mahsulotimizning 90 foizi Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Bir yilda 1,5 mln. dona 250 turdagi kiyim-kechaklar tayyorlamoqdamiz. Yevropa davlatlarida ham mahsulotimizga boʻlgan talabning ortishi natijasida yillik ishlab chiqarish quvvatini 3 mln. 120 ming donaga yetkazishni rejalashtirganmiz. Bu eksport hajmini 31.2 mln. dollarga yetkazish imkonini beradi.

Eksport salohiyati hamda eksportbop mahsulotlar soni va turining ortishi xaridor mamlakatlar safining ortishiga ham sabab boʻlmoqda. Hozirga kelib viloyatda eksport geografiyasi Ispaniya, Gollandiya, Shimoliy Makedoniya, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Tayvan, BAA kabi davlatlar hisobiga yanada kengayib, ularning soni 53 taga yetdi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер