Andijonda ichimlik suvi qarzini undirish borasida faol ish olib borilmoqda

17:53 17 Noyabr 2023 Jamiyat
240 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu kunlarda respublikamizda toza ichimlik suvi isteʼmolchilari tomonidan yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Jumladan, “Andijon suv taʼminoti” MCHJ tomonidan isteʼmolchilarga qarzdorlikning salbiy oqibatlari xususida tushuntirish ishlari olib borilyapti. Shu bilan birga nazorat tadbirlari ham tashkil etilmoqdaki, uning natijasida qarzdor korxona-tashkilotlarning isteʼmolchi sifatida masʼuliyati yanada oshirilmoqda. Navbatdagi nazorat tadbiri Andijon shahrida boʻlib oʻtdi.

— Unda oʻndan ziyod korxona va tashkilotlar tomonidan foydalanilmagan toza ichimlik suvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmayotganligi aniqlandi, –deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ rahbarining oʻrinbosari Oybek Mamajonov. –Achinarli tomoni shundaki, ularning har biri oʻn million soʻmdan ziyod miqdordagi toʻlovni amalga oshirmaganlar. Oʻrganish davomida ularning aksariyati noqonuniy tarmoqdan foydalanganligi aniqlandi. Tadbir davomida noqonuniy ulanishlar barxam topib, qarzdorlikni undirish chorasi koʻrildi.

Aytish joiz, “Andijon suv taʼminoti” MCHJ tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 120-marta ana shunday nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Buning natijasida 230 mln. soʻmdan ziyod qarz undirildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер