Andijonda fuqaroning yashash uyida yongʻin yuz berdi

20:30 28 Iyul 2025 Jamiyat
225 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan xonadonlaridan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 28-iyul kuni soat 18:21 da Asaka tumani Neʼmatobod MFY Yangiobod koʻchasida joylashgan fuqaro S.A.ning yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida 112 tizimi orqali viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan soat 18:26 da yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borgan va soat 18:54 da alangani batamom oʻchirgan.

Aniqlanishicha, yongʻin oqibatida aholi yashash xonadonining 70 kvadrat/metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish omillari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер