Andijonda fuqaroning yashash xonadoni yonib ketdi

11:48 22 Avgust 2025 Jamiyat
187 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon tumani Zelyoniymostda yongʻin boʻlmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-avgust kuni soat 07:18 da Andijon tumani “Baxt” MFY Oltin vodiy koʻchasida joylashgan fuqaro O.J.ning yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida 112 tizimi orqali Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, soat 07:20 da Yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va sodir boʻlgan yongʻin soat 07:38 da batamom oʻchirilgan. Yongʻin natijasida yashash xonadonining shift tom qismi yonib zararlangan.

Munosabatda hodisa oqibatida tan jaroxati olganlar yoʻqligi maʼlum qilindi. Xozirda yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida boshqaruv servisida yongʻin yuz bergani toʻgʻrisida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер