Andijonda filmlar namoyishi davom etmoqda
“Ayol qismati” badiiy filmi Andijon viloyatining koʻplab hududlarida katta ekranlarda namoyish etib borilmoqda. Keyingi manzil Andijon Davlat tibbiyot instituti boʻldi. Oliygoh oʻqituvchi-murabbiylari hamda talabalari uchun aynan mazkur namoyish tashkil etildi.
Maʼlumot uchun, “Ayol qismati” badiiy filmi Kinematografiya agentligi, Asian Trade Company (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan. Filmda Suriyadan qaytgan ayollar taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring