Andijonda yerga ilk chigit qadaldi

16:44 09 Mart 2023 Jamiyat
684 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi, Oltinkoʻl tumanlaridagi paxta maydonlarida chigit ekish boshlandi.

— Bu yil Buloqboshi tumanida 2 ming 585 gektar maydonga «Andijon 35» navli chigit ekishni rejalashtirganmiz, — deydi tuman hokimi Oʻtkirbek Maʼmurov. — Xabaringiz bor, 1997-yildan boshlab viloyatimizda plyonka ostiga chigit ekish texnologiyasi keng ommalashgan. Bu ekinning tez unib chiqishi va bahorgi salqin haroratga chidamliligini oshirish bilan bir qatorda yuqori hosil olish garovidir.

Marhamat tumanida chigit ekish mavsumi T. Mirzayev nomidagi massivda joylashgan «Oydin yoʻl» fermer xoʻjaligidan boshlandi. Dastlab fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mexanizatorlar ishtirokida oʻtgan amaliy seminarda ushbu agrotexnik yumushni sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari haqida soʻz bordi.

Oltinkoʻl tumanida mavjud 144 ta fermer xoʻjaligi aʼzolari ishtirokida oʻtgan mavsumoldi tadbirida tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi. Shundan soʻng qisqa muddat ichida chigit ekish amaliyotini tez va unumli bajarish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi va yerga ilk chigit qadaldi.

Viloyat boʻylab fermer xoʻjaliklarida chigit ekish ishlari qizgʻin pallaga kirmoqda.

Saminjon HUSANOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер