Andijonda eng namunali kitobxon oila aniqlandi

11:29 17 Oktyabr 2024 Jamiyat
435 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida faol ishtirok etgan 16 nafar yosh oilalar ishtirok etdi.

– Mahallalarda kitobxonlikni yangi bosqichga olib chiqish, kitobxon oilalar safini kengaytirish hamda oilalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovda yuzlab oilalar ishtirok etdi, – deydi viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimi Naziraxon Ubaydullayeva. – Natijada farzandlarning kitob mutolaasiga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgardi. Bunga tadbir davomida yana bir bor guvoh boʻldik. Mamlakatimizda kitobxon oilalar soni koʻp boʻlsa, jamiyatimizda maʼnaviyat ham rivojlanadi.

Tanlov ishtirokchilari «Badiiy asarlar bilimdoni» shartida oʻzlari oʻqigan kitobga munosabat bildirgan boʻlsa, «Tezkor savol-javob» shartida mutolaa qilish tartiblari, undan olinadigan maʼnaviy ozuqa haqida maʼlumot berdi. Hakamlar Paxtaobod tumani «Olmazor» mahallasida yashovchi Kudayberdi Karabayevlar oilasiga eng namunali kitobxon, deya taʼrif berdi. Ular tanlovning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish uchun yoʻllanma qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер