Andijonda elektrobuslar qatnay boshladi
Xitoydan olib kelingan 2 ta zamonaviy rusumdagi elektrovtobus Andijon shahridagi eng gavjum yoʻllarda aholiga xizmat koʻrsata boshladi.
— Shu yilning 3-11-yanvar kunlari Xitoyda boʻlib oʻtgan muzokaralarda viloyatimiz delegatsiyasi Chin yurti ishbilarmonlari bilan bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishishgan edi,— deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov. — Jumladan, King Long United Automotive Industry kompaniyasi bilan hamkorlikda elektrobuslar xarib qilish boʻyicha shartnoma tuzilgan boʻlib, Andijonga keltirilgan ushbu elektrobuslar mana shu kompaniya mahsulotidir. Ayni vaqtda elektrobuslarning mahalliy sharoitga mosligi va harakat xususiyatlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

Avtobuslar 2 turdan iborat boʻlib, biri 60, ikkinchisi 90 oʻrinli. Bir martalik quvvatlash bilan 400 kilometrgacha yoʻl bosishi mumkin. Quvvatni qayta toʻldirish uchun tezkor rejimda 3 soat vaqt kifoya qiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring