Andijonda yana 1 035 ta xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi
Andijon viloyatining elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Xakan» podstansiyasiga 200 mVA yangi zamonaviy transformator oʻrnatildi.
Shu vaqtga qadar 103 foiz oʻta yuklanish bilan ishlayotgan 220 kVli «Xakan» podstansiyasida joriy yilda 1 ta 125 mVA transformator oʻrniga 200 mVAli transformator oʻrnatilib, viloyatda jami 75 mVA qoʻshimcha quvvat bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi.
Katta quvvatga ega ushbu transformatorning oʻrnatilishi isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun qariyb 207 ming kVt*soat qoʻshimcha elektr energiyasini yetkazib berish imkonini beryapti. Bir xonadonda bir oy davomida oʻrtacha 200 kVt*soat elektr energiyasi isteʼmol qilinishini hisobga olsinsa, yangi taʼminot manbasi 1 035 ta qoʻshimcha xonadonni taʼminlash imkonini beradi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, Andijon shahri, Andijon, Oltinkoʻl, Izboskan, Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarining kuz-qish mavsumida elektr energiya taʼminoti yaxshilanishiga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring