Andijonda ekin maydonini noturar yer toifasiga oʻzgartirib, 55 000 dollarga pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Illyustrativ foto
Andijonda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ekin maydonini noturar yer toifasiga oʻzgartirib, 55 000 AQSH dollariga sotib yubormoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Fuqaro M.I.ning Andijon viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Natijada fuqaro M.Yu. Marhamat tumani “Ershi” mahallasi Y.Oxunboboyev massivida joylashgan 1,5 gektar bogʻdorchilik ekin yer maydonini kelgusida oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ekin yer toifasidan noturar yer toifasiga oʻzgartirib, 55 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Maktab qurilishi uchun ajratilgan yerni pullamoqchi boʻlgan mansabdorlar qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring