Andijonda “Damas” haydovchisi uxlab qolib, YTH sodir etdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida “Damas” va “Nexia-3” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 5-may kuni soat 15:10 larda Xoʻjaobod tumani “Xidirsha” MFY hududidan oʻtgan D-146 avtomobil yoʻlining 4 kilometrida sodir boʻlgan. Unda 29 yoshli Q.J. “Damas” rusumli avtomashinani “Andijon — Buloqboshi” yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotib uxlab qolgan va rul boshqaruvini yoʻqotib qarama-qarshi tomonga oʻtib ketgan.
Shundan soʻng oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Qayd etilishicha, ushbu YTH oqibatida tan jarohat olgan fuqarolar yoʻq, biroq avtomashinalar texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring