Andijonda “Asaka City” qurilishi boshlandi
“Xalq soʻzi Online”
“Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov /Andijon. Andijon viloyati, Asaka shahrida “Asaka City” majmuasi qurilishi boshlandi.
Uning hududida 4 ming 600 ta xonadondan iborat 71 ta koʻp qavatli uy quriladi. Turar joy binolari 7, 9 va 16 qavatli qilib barpo etiladi.
Bundan tashqari, “Asaka City” hududida 120 oʻrinli mehmonxona, 1 ming 500 ta savdo doʻkonlarini oʻz ichiga oluvchi markaz, tibbiyot muassasasi, istirohat bogʻi, 2 ming oʻrinli maktab, bolalar bogʻchasi hamda maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring