Andijonda 52 nafar yigit-qizga “Yoshlar jamg‘armasi”dan subsidiya ajratildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Respublikamizda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni doimiy daromad manbaiga yo‘naltirish, kambag‘allikka barham berish va ayni asnoda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida xayrli ishlarga qo‘l urilmoqda. Vazirlar Mahkamasining shu yil 28 apreldagi "Respublikaning moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarini, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Andijon shahrida ham 52 nafar yigit-qizga “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan subsidiya ajratildi.
-Hisob-kitob qilib ko‘rsam, tikuvchilik orqali bir oyda 2,5-3 million so‘m daromad topish mumkin ekan, - deydi andijonlik yosh hunarmand Nargiza Haydarova. –Shu bilan kifoyalanib qolish ham noto‘g‘ri. Olti oydan so‘ng ikkita yangi ish o‘rni yaratish va sof daromad miqdorini teng barobarga oshirishning imkoni bor ekan. Biz, yoshlar shu kabi loyihalarni hayotga tatbiq etishimizda berilayotgan ko‘makning ahamiyati beqiyos.
Subsidiya ajratilgan 52 nafar andijonlik yoshlarning 17 nafari kompyuter jamlanmasiga, 35 nafari esa tikuv mashinasiga ega bo‘ldilar. Shu tariqa hozirda ular ilk tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring