Andijonda 4,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Andijon viloyatida 4,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 8-avgust kuni soat 08:58 da Andijon viloyatining Marhamat tumanida 4 balli yer qimirlashi qayd etilgan.
Zilzila magnitudasi 4,2 ga teng, silkinish 15 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 268 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Andijon viloyatida 3 ball, 29 km;
- Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 45 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 72 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring