Andijon shahrida “Nexia-3”, “Gentra” va “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi. Viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-iyun kuni Andijon shahar Piyozpoya dahasida 1999-yilda tugʻilgan Н.Ж. boshqaruvida boʻlgan “Nexia-3” rusumli transport vositasi katta tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan.
Shundan soʻng oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Gentra” va “Spark” rusumli transport vositalari bilan toʻqnashib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
“Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, transport vositalari esa texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.
Viloyat YHXBga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan, Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring