Andijonda 237 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan novvoyxona fosh qilindi (+video)
Andijon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Izboskan tumanida “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi “Qashqarlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X. A. xonadonida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, xonadonda tabiiy gaz tarmogʻiga vakolatli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, oʻzboshimchalik bilan tijorat maqsadida shartnomasiz, loyiha texnik hujjatlarsiz, hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulangan holda foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 237 million 453 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan hamda toʻplangan barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring