Andijonda 2030 yilga qadar 3 mingta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 100 ming oila yangi uy-joyli bo‘ladi

18:46 14 Iyun 2023 Jamiyat
728 0

Yangi Andijon loyihasi. Arxiv foto

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun, kelgusi yetti yilda 30 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

2030 yilga qadar 427 ta mahallada 600 ming aholi markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 1 million aholi uchun suv ta’minoti yaxshilanadi. 

Andijon, Xonobod va Qorasuv shaharlari, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Andijon, Asaka va Oltinko‘l tumanlaridagi 510 ming aholining suv ta’minotini yaxshilash uchun, “Xonobod-Andijon” magistral suv quvurining ikkinchi tarmog‘i quriladi. Bunga 35 million dollar investisiya jalb qilinadi. 

Umuman, viloyatda markazlashgan ichimlik suvi qamrovini hozirgi 87 foizdan 97 foizga yetkazamiz”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер