Andijonda 10-sinf oʻquvchisi YTH sodir etdi

11:29 16 May 2025 Jamiyat
272 0

Foto: Andijon viloyati YHXB

Andijon viloyati Andijon tumanida voyaga yetmagan, 17 yoshli yigit qarindoshining mashinasida yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 15-may kuni soat 13:45 larda Andijon tumani “Qoraqolpoq” MFY Iftixor koʻchasida yuz bergan. 2008-yilda tugʻilgan (voyaga yetmagan) A.M. qarindoshiga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinasini boshqargan.

Harakat davomida u tezlikni meʼyoridan ortiq oshirib yuborishi ortidan rul boshqaruvini yoʻqotgan, shundan soʻng mashina agʻdarilib ketgan.

YTH oqibatida hech kimga tan jarohati yetgan, biroq avtomashina texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер