Andijon shahrida qalbaki AQSH dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi

14:28 17 Yanvar 2024 Jamiyat
399 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 AQSH dollarini fuqaro G.K.ga 20 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSH dollari va 5 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер