Andijon prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora olayotgan paytda qo‘lga olindi
Andijon viloyati prokuraturasi xodimi pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
12-noyabr kuni soat taxminan 23:00 da masʼul lavozimda ishlagan shaxs 15 ming dollar olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring