Andijon — “National Geographic” nigohida
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”/Andijon. AQSHning “National Geographic” telekanali ijodkorlari Andijon viloyatida boʻlib turibdi. Nasim Mansurov, Vilyam Maxer va Patrik Kellidan iborat ijodiy guruh aʼzolari bir oy mobaynida mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, nomoddiy madaniy merosi, milliy hunarmandlik namunalari hamda ijtimoiy hayotning boshqa jihatlarini tasvirga olishadi.
Biz va jahon
— Andijon — juda ham goʻzal maskan, — deydi Nasim Mansurov. — Bizda, ayniqsa, viloyat markazidagi jome majmuasi, hunarmandlik doʻkonlari, qoʻgʻirchoq ustalarining mahorati, zardoʻzlik asarlari, pichoqchilik va temirchilik borasida olib borilayotgan ishlar katta taassurot qoldirdi.
Tasvirlar nafaqat telekanalda, balki bir kunda 5 million foydalanuvchisi boʻlgan photographylife.com saytida ham namoyish etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring