Andijon davlat texnika institutiga yangi rektor tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan texnika fanlari doktori, professor Turdialiyev Umid Muxtoraliyevich Andijon davlat texnika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Umid Turdialiyev 1980-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 2003-yilda Fargʻona politexnika institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi yoʻnalishini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Umid Turdialiyev 2019-yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring