Amudaryo tumanida 611,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S-D.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari xoʻjalik suv nasoslarini elektr tarmoqlari korxonasidan roʻyxatdan oʻtmagan elektr hisoblagich orqali ulab, jami 611,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring