Amir Temur shoh koʻchasining bir qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi

15:45 09 Sentyabr 2023 Jamiyat
809 0

Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Amir Temur shoh koʻchasining Kichik halqa yoʻli koʻchasi bilan kesishgan qismida (Mirobod tumani) 110 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 9-sentyabr kuni soat 20:00 dan 10-sentyabr kuni 09:00 gacha hamda 10-sentyabr kuni 20:00 dan 11-sentyabr kuni 09:00 ga qadar Kichik halqa yoʻli koʻchasining Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishmasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga yoʻnalgan tomonida 60 metr uzunlikdagi qismi (Toshkent Temir yoʻl texnikasi muzeyi qarshisi) barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер