“Amir Temur oyligi” doirasida sport musobaqasi oʻtkazilmoqda

15:40 03 Aprel 2026 Jamiyat
298 0

Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mamlakatimizda Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda.

Mazkur hujjatga koʻra, aprel oyi respublikamizda “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilindi. Uning doirasida Sohibqiron bobomizning milliy davlatchiligimiz tarixidagi oʻrni va ahamiyatini, bebaho madaniy-maʼrifiy merosini chuqur targʻib etishga qaratilgan bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimida sport musobaqalariga start berildi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari oʻrtasidagi oʻtkazilayotgan sport musobaqasining ochilish marosimi “Energetiklar sihatgohi”da boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichi — Uchinchi Renessansga qadam qoʻyayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda Sohibqiron Amir Temurning shaxsiyati, buyuk ajdodimizning bashariyat tarixi va Turon tamaddunidagi oʻrni hamda temuriylarning boy va betakror merosini chuqur oʻrganish, yurtimiz va chet ellarda keng ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganini alohida eʼtirof etdilar.

Aytish joizki, ikki kun davom etadigan musobaqa dasturidan qisqa masofaga yugurish, turnikda tortilish, tibbiy tayyorgarlik boʻyicha meʼyorlarni topshirish, test savollariga javob berish kabi bellashuvlar oʻrin olgan.

Musobaqa doirasida “Oʻzbekiston” nashriyoti bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi ham tashkil qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер