Amerikalik oʻquvchi maktabga olib kelgan bomba tasodifan portladi
AQSHning Michigan shtatida maktab oʻquvchisi sinfga qoʻlbola yasalgan bombani olib kelib, uni tasodifan portlatib yubordi. Bu haqda mahalliy politsiya Twitterʻdagi akkauntida xabar berdi.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, 16 yoshli maktab oʻquvchisi tasodifan taʼlim muassasasiga olib kelingan qurilmani portlatib yuborgan, portlash natijasida u oʻrtacha darajada tan jarohati olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Yana toʻrt nafar talaba yengil tan jarohati olib, oʻzlari tibbiy muassasaga murojaat qilishdi. Maktabdagi barcha oʻquvchilar evakuatsiya qilindi.
Voqea yuzasidan qoʻshimcha tergov ishlari olib borilmoqda, shu jumladan huquqni muhofaza qilish idoralari portlagan moddaning tarkibini aniqlashga urinishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring